Mashina haqida qisqacha
Geely Galaxy L7 gibrid 2024-yil noyabrda chiqarilgan, yurgan masofasi 29 000 km. Komplektatsiyasiga proyeksion displey, massaj, ottomanka, o‘rindiqlarni shamollatish va isitish, panorama tom, 360° kamera, premium audio tizim hamda avto yukxona kiradi. Dvigatel quvvati 389 ot kuchi, yurish zaxirasi 1370 km (EV rejimida 115 km). Xaridor nomiga rasmiylashtiriladi, treyd-in va nasiya mavjud.