Mashina haqida qisqacha
Mercedes Benz EQE 500 4MATIC 2025/2026 yilda ishlab chiqarilgan, toʻliq privodli va ikki motorli elektromobil. Yurish zaxirasi 681 km, quvvati — 476 o.k. (350 kVt), akkumulyator sigʻimi — 90,6 kVt·soat. Avtomobil AMG paket, ruscha menyu, eman yogʻochi detallariga ega qora charm salon, panorama lyuk, Burmester 3D audiotizimi, R20 disklar, oʻrindiqlar isitgichi, koʻrinmas hudud datchigi va elektron yukxona bilan jihozlangan.